Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchilarga messenjerlar orqali o‘quvchilarning uy vazifalarini qabul qilishga ruxsat berildi
Kundalik platformasi bilan bog‘liq bir qator cheklov va talablar onlayn ta’lim davri yakuniga qadar bekor qilinadi. AOKAda o‘tgan brifingda Kundalik platformasi yuzasidan kelib tushgan savollarga Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova javob qaytardi.
Bildirilishicha, Xalq ta’limi vazirligi ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, o‘qituvchi va ota-onalarga qulaylik tug‘dirish maqsadida, masofaviy ta’lim davri yakuniga qadar elektron Kundalik platformasi bilan bog‘liq bir qator cheklov va talablarni bekor qilmoqda.
Endilikda o‘qituvchilar uyga vazifalarni o‘quvchi va ota-onalar bilan kelishgan holda Kundalik.com tizimi yoki istalgan boshqa ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yordamida qabul qilishlari mumkinligi ma’lum qilindi.
Bunda, televideniye orqali efirga uzatilayotgan fanlar doirasida o‘qituvchilar tomonidan berilayotgan uyga vazifalar “Onlayn-maktab” televizion dasturi orqali efirga uzatilayotgan darslariga mos bo‘lishi lozim.
Uyga vazifa topshirilgandan keyin o‘qituvchilar tomonidan ularni baholash va qo‘yilgan baholarni Kundalik.com tizimiga yoki Kundalik.com joriy qilinmagan maktablarda bosma shakldagi sinf jurnallariga qo‘yish uchun besh kun muddat beriladi.
Mavzuga oid
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi
23:22 / 25.04.2025