O‘zbekiston | 20:03 / 02.02.2022
4130
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiota va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari sababli Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Foto: Getty Images

“Hududgaz Poytaxt”ning ma’lum qilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani, Rishton ko‘chasidan o‘tgan gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari amalga oshiriladi. Shu sababli, 3-fevral kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha ushbu manzildagi aholi xonadonlarida hamda 2 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, “Hududgaz Toshkent”ning qayd etishicha, ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 3-fevral soat 9:00 dan 17:00 ga qadar Zangiota tumani "Tarnov", "Mevazor" MFYlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid