Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilga borib quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati 8 000 MVtga yetkaziladi
2026 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 mlrd kub metr tabiiy gazni tejashni nazarda tutuvchi prezident qarori loyihasi tayyorlanadi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi.
Unga ko‘ra, umumiy quvvati 4 000 MVt bo‘lgan 8 ta shamol elektr stansiyasi quriladi. Jumladan:
- 2023-2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt bo‘lgan 4 ta;
- 2025-2026 yillarda Respublika bo‘ylab umumiy quvvati 2 400 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi.
Shuningdek, umumiy quvvati 4 000 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. Jumladan:
- 2023 yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami quvvati 1 100 MVt bo‘lgan 4 ta;
- 2024 yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida umumiy quvvati 900 MVt bo‘lgan 5 ta;
- 2025-2026 yillarda Respublika bo‘ylab jami quvvati 1 800 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi.
2030 yilga qadar quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hajmi 1 000 MVtga yetkaziladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini boshqarish tizimi rivojlantiriladi, deyiladi vazirlik ma’lumotida.
Mavzuga oid
09:24 / 18.05.2025
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
21:37 / 29.04.2025
Toshkentda ikkita Cobalt ustiga daraxt qulab tushdi
21:31 / 11.04.2025
Xitoyda kuchli shamol sabab vazni 50 kilodan yengil aholiga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi
13:26 / 08.04.2025