Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda xalqaro universitet tashkil etiladi
Yangi Namangan tumanining 2-tibbiyot kolleji hamda sobiq Diagnostika markazi bino-inshootlarida Pokiston Islom Respublikasining The University of Lahore bilan hamkorlikda Namangan xalqaro universiteti tashkil etiladi.
Namangan xalqaro universitetida tibbiyot sohasiga talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, tibbiyot, stomatologiya, farmatsevtika, IT, xalqaro huquq va biznes yo‘nalishlari bo‘yicha fakultetlar tashkil etilishi belgilangan.
Loyihani ishga tushirish muddati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanishi belgilanmoqda. Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limi to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat va xorijiy hamkor namunasidagi diplom beriladi. Universitetda malakali tibbiyot xodimlari yetishtiradi.
Namangan Xalqaro universitetida har yili qabul qilinadigan talabalarning 10 foizgacha o‘qitish uchun imtiyozli ta’lim grantlari, 5 yil muddat ichida 600 ming dollarlik grantlarni talabalarga ajratish ko‘zda tutilgan.
Investorlar tomonidan binoni ta’mirlash uchun 5,0 mln dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish belgilangan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025