O‘zbekiston | 19:21 / 03.02.2022
3714
1 daqiqa o‘qiladi

Nodavlat OTMlarda an’anaviy ta’lim 7 fevraldan boshlanadi

Ta’lim inspeksiyasi Kun.uz’ga taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, nodavlat OTMlarda keyingi haftadan an’anaviy ta’lim boshlanishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra, respublikada koronavirus bilan kasallanish holatlari kamayishi kuzatilgani sababli ta’lim muassasalarida o‘qishlar 7 fevraldan an’anaviy shaklga o‘tkazilishi xabar qilindi.

Biroq talabalar o‘rtasida noroziliklar kuzatilgani sababli OTMlarda o‘qishlar 24 fevralgacha bosqichma-bosqich an’anaviy shaklga qaytarilishi e’lon qilindi.

Biroq bu nodavlat oliy ta’lim muassasalariga tegishli emas. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Kun.uz’ga taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, nodavlat OTMlarda o‘qishlar 7 fevraldan an’anaviy shaklda davom etadi.

Зилола Ғайбуллаева
Tayyorlagan Зилола Ғайбуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid