Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu yil 20 dan ortiq qonun qabul qilinadi – Senat raisi
“Ular orasida mahalliy kengash va hokim vakolatlarini aniq belgilash to‘g‘risidagi hujjatlar ham bo‘ladi”, deb ma’lum qildi Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva.
“Joriy yilda islohotlarning huquqiy poydevorini mustahkamlashga qaratilgan 20 dan ziyod qonun qabul qilish nazarda tutilgan, jumladan, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda mahalliy Kengashlar mavqeyini mustahkamlash, davlat nazorati samaradorligini ta’minlash, energiya resurslaridan oqilona foydalanish kabi muhim yo‘nalishlarga oid 10 ga yaqin mutlaqo yangi qonun qabul qilish nazarda tutilgan”, deya ma’lum qildi Norboyeva yalpi majlisda.
Senat raisiga ko‘ra, qabul qilinishi rejalashtirilgan qonunlar orasida hokim lavozimiga nomzodlarni ilgari surish tartibini qayta ko‘rib chiqish, mahalliy kengashlar hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilash to‘g‘risidagi qonunlar ham bor va ular xalq tomonidan kutilayotgan hujjatlardir.
Shuningdek, Tanzila Norboyeva vazirlik va idoralar o‘zlariga tegishli yo‘nalishda hududlardagi vaziyat bilan ishlashlari muhimligini ham qayd etdi.
“Endi hisoboti eshitilayotgan har bir vazirlik, idora faoliyatiga hududlarda amalga oshirgan ishlari samarasiga, shuningdek, ularning joylardagi quyi tuzilmalari ishiga qarab baho beriladi.
Bundan buyon hokimlar Senat majlislarida hisobot berish doirasida tegishli hududdagi haqiqiy holat haqida kompleks taqdimot tashkil qilishlari lozim bo‘ladi. Unda erishilgan natijalar, mavjud muammolar va muhim vazifalar aniq aks etishi kerak”, dedi Tanzila Norboyeva.
Mavzuga oid
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi
19:32 / 25.04.2025