“Manzil”: Nemis askarlari qurgan qishloq – Polvontosh
Andijonning Marhamat tumanidagi bu qishloqni II jahon urushida asirga tushgan nemislar va 1944-45 yillarda Qrimdan surgun qilingan tatarlar qurishgan. Sutkasiga ming tonnagacha neft qazib olingan qishloqda hozir ham neft quduqlari ishlab turibdi. Qishloqqa “Manzil” loyihasi bilan sayohat qiling.
Polvontoshda neft koni topilishi 1939 yilda topilgan, 1947 yilga kelib bu yerda qishloq tashkil etila boshlagan, so‘ngra bu yerlar konchilar shaharchasiga aylangan.
Urushda asir tushgan nemislar va Qrimdan surgun qilingan tatarlardan tashqari, qishloqda koreys, rus, tojik va boshqa millat vakillari ham istiqomat qilgan. Bir so‘z bilan aytganda, posyolka haqiqiy baynalmilal hudud bo‘lgan.
Polvontosh atrofidagi adirliklarda 50 dan ortiq ishlab turgan neft quduqlari mavjud. Qishloq erkaklarining katta qismi neft ishlab chiqarish bilan mashg‘ul.
Biz bu quduqlardan neft hech qanday texnikalarsiz, o‘zi oqib chiqqan paytlarni ko‘rgan Mirzaabdulla Mirzag‘aniyev va maxsus transport boshqaruvchisi Mirzarahim Asqarov bilan suhbatlashdik. Qishloq ko‘chasida to‘p tepib yurgan bolalarni ko‘rib, ust-boshimizni chang qilgan holda futbol o‘ynagan kunlarimiz esimga tushib ketdi.
Taassurotlarimizni doimgidek videokameraga muhrladik. Loyihani kuzatib boring, “Manzil” yangi va bundan-da qiziqarli manzillarga otlangan.
Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
08:10 / 03.11.2024
Tog‘ bag‘ridagi qishloq – Yordonda nahor oshi
17:46 / 19.10.2024
Shohimardon fojiasi: sel va unutilmas dard
13:43 / 29.06.2024