Jamiyat | 12:15 / 04.02.2022
3643
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda beton to‘siqqa urilgan avtomashina haydovchisi vafot etdi

Lacetti rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa 29 yanvar kuni soat 19:00larda, Baliqchi – Pungon yo‘lining 62-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi Lacetti rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

Natijada avtomashina haydovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 29 yanvar kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid