Jamiyat | 13:27 / 04.02.2022
1465
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda 2021 yilda bojxonachilar tomonidan qariyb 9 mlrd so‘mlik noqonuniy tovar-moddiy boyliklar ushlab qolingan

2021 yilda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 740 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, daliliy ashyo sifatida 8 mlrd 689 mln so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ushlab qolingan. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan brifingda ma’lum qilindi.

Foto: Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi

Ta’kidlanishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 18 ta holatda 2,5 kg.ga yaqin giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan. Shuningdek, 29,4 mln so‘mlik 1 730 quti tamaki mahsulotlari, 443 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiyot buyumlari, 713,8 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarining bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishi bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Brifingda 2021 yilda boshqarma tomonidan 1,4 trln so‘mlik bojxona to‘lovlari undirilgani, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 1 trln so‘mdan ortiq imtiyozlar berilgani ham aytib o‘tildi. O‘tgan yilda viloyatdan 30 ga yaqin davlatga eksport amalga oshirilgan. Eksport qilingan asosiy tovarlar uran, kalava ip, metall va ulardan tayyorlangan buyumlar, to‘qimachilik mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mavzuga oid