O‘zbekiston | 07:29 / 05.02.2022
7899
1 daqiqa o‘qiladi

3 ta agentlikda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

O‘zbekistondagi 3 ta agentlik rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Hukumat qarorlariga bilan Shohrux Rahimov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori etib tayinlandi.

Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

Bundan tashqari, hukumat qarori bilan Rustam Azizov Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshladi.

Aziz G‘ofurov hamda Aleksey Sim Strategik rivojlanish agentligi bosh direktorining o‘rinbosarlari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Mavzuga oid