Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina biz bilan urushadigan bo‘lsa, urush ko‘pi bilan uch-to‘rt kun davom etadi - Lukashenko
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, ular Belarus, birinchi navbatda Rossiya bilan urush qilish istiqbolsiz ekanligini tushunadi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina hech qachon Belarus bilan urush qilmasligini aytdi.
«Ukraina biz bilan hech qachon urushmaydi. Urush bo‘lsa, uzog‘i bilan uch-to‘rt kun davom etadi. U yerda bizga qarshi jang qiladigan hech kim yo‘q. Bizga ko‘rsatishayotgan avtomat ko‘targanlar esa yog‘och avtomatlarda mashq qilishyapti»,— dedi Aleksandr Lukashenko «Solovev Live» YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
«Biz qandaydir yadroviy yoki boshqa qurol to‘g‘risida gapirmayapmiz. Bizga tegishmagani ma’qul. Bizga tegmang»,— dedi Belarus prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Belarus, birinchi navbatda Rossiya bilan urush qilish istiqbolsiz ekanligini tushunadi.
Avvalroq Lukashenko Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvi chog‘ida Belarus Rossiyaning qo‘llab-quvvatlovi ostida zamonaviy qurollanish markazini tashkil etishga tayyorligini bildirgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025