Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vaziri qonun hujjatlariga zid loyihalarning top-5ligini e’lon qildi
Ruslanbek Davletovga ko‘ra, 2021 yil davomida vazirlikka 100dan ortiq qonunga zid normativ-huquqiy hujjat loyihalari kelib tushgan.
Ma’lum qilinishicha, vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan ko‘plab hujjatlar loyihalarida amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan qoidalardan chetga chiqish, ushbu qoidalarga istisno tariqasida ma’lum bir masalalarga ruxsat olish bilan bog‘liq normalar uchramoqda.
Adliya vazirligi shunday loyihalarning quyidagi top-5ligini e’lon qildi:
1. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. Loyihada elektrotexnika va elektromaishiy texnika mahsulotlari uchun utilizatsiya yig‘imini undirish tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri, Yangihayot tumanida joylashgan eski turar-joylarda yashovchi aholining yashash sharoitlarini yaxshilash choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi. Vazirga ko‘ra, amaldagi qonunchilikda renovatsiya dasturini amalga oshirish tartibi va ushbu dastur doirasida fuqarolarning uy-joylarini olib qo‘yish va ularni yangi uy-joylar bilan ta’minlash tartibi belgilanmagani uchun loyiha ma’qullanmagan.
3. “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonuni loyihasi. Unda har bir ko‘char mulklar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bilan bog‘liq norma kiritilishi nazarda tutilgan.
“Bu ertaga bizga qanchalik byurokratiyani olib keladi”, – dedi Ruslanbek Davletov.
4. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. Ushbu loyihada Jinoyat kodeksining 179-moddasi (“soxta tadbirkorlik”) sanksiya qismini og‘irlashtirish va bu moddani javobgarlik chorasi yanada og‘irroq hisoblangan ikkinchi qism bilan to‘ldirish ko‘zda tutilgan.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi. Ushbu loyiha ham amaldagi yer berish tartibiga zid deb topilib, rad etilgan.
Mavzuga oid
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi
16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:18 / 07.03.2025