O‘zbekiston | 19:17 / 07.02.2022
413
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda tadbirkorning 109,4 million so‘mlik mahsulotini o‘zlashtirgan sobiq menejyerga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sobiq menejyer o‘ziga ishonib topshirilgan 28 turdagi 109,4 mln so‘mlik o‘simliklarni himoya qiluvchi vositalarini hech qanday hujjatlarsiz sotib yuborgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda, “I.k.h.” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonaning Boyovut filiali sobiq menejyeri Z.S. o‘ziga ishonib topshirilgan va uning moddiy javobgarligida bo‘lgan 28 turdagi 109,4 million so‘mlik o‘simliklarni himoya qiluvchi vositalarini hech qanday hujjatlarsiz sotib yuborib, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid