O‘zbekiston | 09:50 / 07.02.2022
8335
2 daqiqa o‘qiladi

Telegram'ning o‘zbekistonlik foydalanuvchilari orasida kartadan pul o‘g‘irlanishiga olib keladigan firibgarlik tarqaldi

Telegram'ning o‘zbekistonlik foydalanuvchilari orasida bank kartasidan pul o‘g‘irlanishiga olib keladigan firibgarlik tarqalmoqda. Bu haqda messenjerning O‘zbekistondagi vakili xabar berdi.

1-firibgarlik sxemasi:

Firibgar foydalanuvchi e’longa qo‘ygan tovarni go‘yoki xarid qilish uchun foydalanuvchi bilan bog‘lanadi. E’londagi narxga rozi bo‘ladi (yoki savdolashadi va baribir narxga rozi bo‘ladi).

Click orqali to‘lashini (yoki shunday to‘lashga gapni olib keladi) aytadi. To‘lovni amalga oshirgani haqida xabar beradi va foydalanuvchiga go‘yoki kartasiga pul mablag‘i qabul qilinishi uchun havola yuboradi. Foydalanuvchi o‘z karta ma’lumotlarini kiritadi va undagi mablag‘dan ayriladi.

2-firibgarlik sxemasi:

Firibgar soxta Click (shunday ism va logotipga ega) profilidan foydalanuvchi bilan bog‘lanib, go‘yoki foydalanuvchi pul mukofotini qo‘lga kiritgani haqida xabar beradi.

Foydalanuvchi pul mukofotini olishi uchun unga havola yuboradi. Foydalanuvchi o‘z karta ma’lumotlarini kiritadi va undagi mablag‘dan ayriladi.

Himoya texnologiyalaridan xavf haqidagi xabarlar

Nima qilish kerak?

Profilga spam sababi bo‘yicha shikoyat yuboring va uni bloklang. Do‘stlaringizni firibgarlik haqida ogohlantiring. Firibgarning ma’lumotlariga ega bo‘lsangiz, huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering. Har qanday harakatdan oldin agar shubhangiz bo‘lsa @TeleUzRobot’dan maslahat so‘rang.

Nima qilmaslik kerak?

Havolani ochmang. Bank kartasi ma’lumotlari va boshqa shaxsiy ma’lumotlarni kiritmang. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid