Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sheremetevo aeroportida 16 yoshli o‘zbekistonlik qotillikda gumonlanib qo‘lga olindi
Sheremetevo aeroporti xodimlari 5 fevral kuni ertalab qotillikda gumon qilingan 16 yoshli yigitni qo‘lga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, u O‘zbekistonga qochishga uringan, biroq parvozdan oldin qo‘lga olingan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qochishga urinishdan bir kun avval, 4 fevral kuni Moskva shimolidagi uylardan birining kirish qismida ushbu yigit 29 yoshli erkakni pichoqlab o‘ldirgan. Erkak olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Jinoyatchi jinoyat sodir etganidan keyin qochib ketgan.
Biroq erkakning jasadi yonidan qotilning shaxsiga ishora qiluvchi bir qancha izlar topilgan. Ular orasida barmoq izlari bo‘lgan pichoq, shprits va yozuv bor. Bundan tashqari, qotillik sodir bo‘lgan lahza kuzatuv kameralariga ham muhrlangan bo‘lishi mumkin.
Qotillikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025