Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya va Falastin elchilari O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda
Joriy yilning 9 fevral kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Koreya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvonni mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.
TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, TIV rahbari elchining ikki tomonlama do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini ta’kidladi.
«Suhbat chog‘ida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, bo‘lajak tadbirlar jadvali va tomonlarni qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni kengaytirish rejasi muhokama qilindi», — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Abdulaziz Komilov Falastin davlatining favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Abdulla Tarshaxoniyni mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.
Suhbat chog‘ida elchi faoliyati davomida O‘zbekiston-Falastin munosabatlari izchil rivojlanib, mustahkamlangani ta’kidlandi. Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekani tasdiqlandi.
«Diplomat mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini bajarish uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorlik bildirdi», — deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
23:20 / 25.05.2025
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
00:47 / 24.05.2025