O‘zbekiston | 10:54 / 09.02.2022
4753
2 daqiqa o‘qiladi

«Ochiq budjet» loyihasi doirasida talabalar uchun tanlov e’lon qilindi

Talabalarda «Tashabbuskor budjet elchisi» bo‘lish imkoniyati mavjud. Buning uchun ular o‘zlari yashab turgan hudud bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surishi va yaqinlarini ovoz berishga chorlashi lozim.

Foto: Kun.uz

«1-qadam: «Ochiq budjet» axborot portalida ro‘yxatdan o‘ting va o‘z tashabbusingizni qoldiring (kasbni ifodalovchi ustunda talaba ekaningizni ko‘rsatishni unutmang).

2-qadam: Tanlov boshlanganidan so‘ng, turli ijtimoiy tarmoqlarda tashabbusingizni ommalashtirish va fuqarolar, yaqinlaringiz, do‘stlaringiz o‘rtasida ovoz to‘plashingiz zarur.

3-qadam: Tanlov yakunida Top-50 loyiha tanlab olinadi. Eng ko‘p ovoz va layk to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb topiladi», deyiladi Moliya vazirligi xabarida.

G‘oliblarga:

  • 1–5-o‘ringa – noutbuk
  • 6–15-o‘ringa – planshet
  • 16–25-o‘ringa – elektron kitob qurilmasi (Kindle)
  • 26–36-o‘ringa – «aqlli» soat
  • 37–50-o‘ringa – quloqchin topshiriladi.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan 50 nafar eng yaxshi ishtirokchi «Tashabbuskor budjet elchisi» deb e’lon qilinadi va Moliya vazirligida amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ular uchun moliya tizimining yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘quv treninglari o‘tkaziladi.

Mavzuga oid