Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘l harakatini raqamli boshqarish tizimini joriy etish to‘liq hokimlik tasarrufiga o‘tkaziladi
Shavkat Mirziyoyev raisligida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Qayd etilishicha, endi Toshkent shahrida yo‘l harakatini raqamli boshqarish va xavfsizligini ta’minlash tizimini joriy etish to‘liq shahar hokimligi tasarrufiga o‘tkaziladi.
Yil yakuniga qadar poytaxtning 300 ta chorrahasini, kelgusi yilda esa qolgan 302 tasini raqamli tizimga o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.
Sohani raqamlashtirish bilan bog‘liq barcha masalaga shahar mutasaddilari javob beradi va so‘rov ham ulardan bo‘ladi. Axborot texnologiyalari, Ichki ishlar va Transport vazirliklarida ushbu tizimni takrorlovchi yoki ishiga aralashadigan bo‘linmalar bo‘lishi mumkin emas, dedi davlat rahbari.
“Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hokimlarining yo‘l harakatini raqamli boshqarishni joriy etish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” bilan tanishib chiqdim. Ularda belgilangan tadbirlar faqat qoidabuzarlikning nazorati bilan cheklangani meni mutlaqo qoniqtirmaydi”, dedi prezident.
Bir oy muddatda viloyat markazlarida yo‘l harakatini boshqarish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi konsepsiyalarni ishlab chiqish topshirildi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025