Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya Ukrainaga Olimpiada tugashidan oldin bostirib kirishi mumkinligini bildirdi. Hujum 16 fevral kuni yuz berishi mumkin
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi istalgan vaqtda, jumladan 20 fevral kuni Pekin Olimpiadasi tugaguniga qadar boshlanishi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Xuddi shunday bayonot bilan AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan ham chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bosqinni havo hujumi bilan boshlashi, mojaro paytida esa Kiyevga hujum qilishi mumkin.
Markaziy razvedka boshqarmasi va amerikalik harbiylar, Der Spiegel nashriga ko‘ra, Rossiya kelasi chorshanba, 16 fevral kuniyoq bostirib kirishni boshlashi mumkinligi haqida NATO davlatlarini xabardor qilgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining telegram kanalida AQSh rasmiylarining bayonotini «jazavaga tushish» deb atadi. «Anglo-sakslarga urush kerak», dedi u.
12 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden telefon orqali muloqot qiladi.
Avvalroq AQSh, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Chernogoriya, Yaponiya, Janubiy Koreya o‘z fuqarolariga Ukrainaga bormaslikni yoki uning hududini tark etishni tavsiya qilgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
11:00 / 28.05.2025