Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baydenning maslahatchisi: Rossiya Ukrainaga qaysi sanada hujum boshlashini oldindan aniq aytolmaymiz
AQSh rasmiylari Rossiya haftaning istalgan kunida Ukrainaga bostirib kirishi mumkin, deb hisoblaydi, ammo bu hujum sanasi aniq ekanini anglatmaydi. Bu haqda CNN telekanali efirida AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan aytib o‘tdi.
«Biz aniq sanani bashorat qila olmaymiz, lekin avval aytib o‘tganimizdek, biz Rossiyaning Ukrainadagi keng miqyosli harbiy amaliyotlari istalgan vaqtda boshlanishi mumkin bo‘lgan vaqt oralig‘ida turibmiz», — degan Sallivan hujum sanasi qachonligi borasidagi savolga javoban.
Avvalroq Politico manbasi AQSh prezidenti Jo Bayden 16 fevral sanasini NATOdagi ittifoqchilariga Rossiya agressiyasi boshlanishining norasmiy sanasi sifatida ko‘rsatgani haqida xabar bergandi.
Bundan tashqari, Baydenning maslahatchisi Rossiya diplomatik yo‘lni tanlashi mumkinligini ham taxmin qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh o‘z razvedka ma’lumotlarini mazkur ehtimoliy urushni boshlash uchun emas, balki to‘xtatish uchun tarqatmoqda.
Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina atrofidagi eskalatsiya kuchayishi Pekin Olimpiadasi yakuniga qadar ham, undan keyin ham sodir bo‘lishi mumkin (o‘yinlar 20 fevralda tugaydi). Bundan tashqari, Baydenning maslahatchisi Rossiya «diplomatik yo‘lni tanlashi mumkinligi»ni ham istisno etmagan. U AQSh o‘z razvedka ma’lumotlarini urush boshlash uchun emas, balki uni to‘xtatish uchun ochiqlashini qo‘shimcha qilgan.
- 11 fevral kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ham Rossiya Ukrainaga istalgan vaqtda hujum qilishi mumkinligi, Amerika razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, ruslar chegarada bostirib kirish uchun yetarlicha qo‘shin to‘plagani haqida xabar qilgandi. Bunga javoban Moskva Vashingtonni vaziyatni bo‘rttirishda va bila turib yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblagandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025