“Davlat auditi” dasturiy kompleksi ishga tushirildi: bu nimani anglatadi?
Dasturiy kompleks budjet tashkilotlaridagi tekshirishlarni tartibga solishi kutilmoqda. Nazorat obekti rahbarlari tekshiruvlar qonuniyligini QR-kod bilan aniqlashi mumkin bo‘ladi.

Foto: Shutterstock
Prezident farmoniga muvofiq, “Davlat auditi” dasturiy kompleksi ishga tushirildi. Bu haqda Hisob palatasi Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur dasturiy kompleks budjet tashkilotlaridagi tekshiruvlarni tartibga solish, nazorat tadbirlarining samaradorligini oshirish va bu jarayonda inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, 2022 yildan barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan, ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari majburiy tartibda “Davlat auditi” dasturiy kompleksida ro‘yxatga olinadi.
Bunda, nazorat obekti rahbari QR-kod orqali nazorat tadbiri asosliligini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Davlat auditi” dasturiy kompleksida ro‘yxatga olinmagan nazorat tadbirlarini o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanadi.
Hisob palatasining ma’lum qilishicha, yangi tizim orqali budjet tashkilotlarining huquqlari himoya qilinadi, ularda qayta-qayta tekshirishlar o‘tkazish holatlari hamda faoliyatiga asossiz aralashuvlar oldi olinadi.
Bundan tashqari, budjet tashkilotlari o‘zlarida o‘tkazilgan davlat moliyaviy nazorati tadbirlari yuzasidan yozma fikrlarini “Davlat auditi” dasturiy ta’minotiga kiritish hamda nazorat tadbirlari yakunlariga baho berish imkoniyatiga ega bo‘lishi aytilmoqda. Bu esa nazorat tadbirlari xolisligini, tekshiruvchilarning mas’uliyatini oshirishi mumkin.
Mavzuga oid

17:00 / 12.02.2025
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

20:32 / 20.01.2025
Prezident barcha idoralarda moliyaviy intizom va tejamkorlikka qat’iy amal qilishga chaqirdi

09:10 / 23.10.2024
Energetika resurslari iste’molchilari energiya auditini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

17:50 / 30.09.2024