Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 2021 yilda YTHlar oqibatida qancha odam vafot etgani ma’lum qilindi
Viloyatda 16ta hudud YTHlar ko‘p sodir bo‘layotgani uchun «avariya o‘chog‘i» sifatida alohida ro‘yxatga olingan.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 10 fevral kuni viloyat IIB YHXBda 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda 2021 yilda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari soni qayd etilib, ularning sabablari tahlil qilingan.
Unga ko‘ra, 2021 yilda Qashqadaryo viloyati yo‘llarida jami 588ta YTH sodir bo‘lgan va ularda 265 kishi vafot etgan. 2021 yil bilan solishtirganda o‘lim bilan bog‘liq YTHlar soni 92taga oshgan. Tan jarohatlari bilan bog‘liq YTHlar soni esa 155taga oshgan.
Tumanlar orasida odam o‘limi bilan bog‘liq eng ko‘p YTH Chiroqchi tumani, Qarshi shahri va Qarshi tumanida sodir bo‘lgan. Viloyatdagi 16ta hududda og‘ir oqibatlarga olib kelgan YTHlar ko‘p sodir etilayotgani aniqlangan. Ular «avariya o‘choqlari» sifatida alohida ro‘yxatga olingan.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024