Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kiyevdagi elchixonasini Lvovga ko‘chirmoqda. Dipmissiyadagi kompyuterlar yo‘q qilinadi
AQSh Ukrainadagi elchixonasini vaqtincha Kiyevdan Lvovga ko‘chiradi. Bu haqda davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar Ukrainadagi eskalatsiyani yumshatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishda, shuningdek, mamlakat rasmiylari bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.
The Wall Street Journal’ning yozishicha, ko‘chish munosabati bilan Kiyevdagi diplomatik missiya binosidagi kompyuterlar va tarmoq apparatlari yo‘q qilinadi. Avvalroq elchixonadagi maxfiy hujjatlar Vashingtonga olib ketilgandi.
Davlat departamenti 12 fevral kuni o‘ta muhim funksiyalarni bajarmaydigan diplomatlardan Ukrainani tark etishni talab qilgandi. O‘shanda idora Kiyevda qoladigan xodimlar ishlashda davom etishini bildirgandi.
Avvalroq G‘arbning boshqa davlatlari ham, xususan, Kanada, Avstraliya va Niderlandiya o‘z elchixonalarini Kiyevdan Lvovga ko‘chirishini e’lon qilgandi. Germaniya Ukraina sharqidagi Dnepr shahrida joylashgan bosh konsulxonasini Lvovga ko‘chirgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025