Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniy meros agentligi Kosmonavtlar maydonidagi rekonstruksiya loyihasini ma’qulladi
Toshkentning Kosmonavtlar maydonida ta’mirlash ishlari boshlanganidan ikki kun o‘tib, bu ishlarni boshlash uchun ruxsat berildi.
Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi Toshkentdagi Kosmonavtlar maydonini rekonstruksiya qilish loyihasiga rozilik berdi.
15 fevral kuni qabul qilingan qarorda obektning tarixiy va badiiy qiymatiga ziyon yetkazilmasligi talab qilingan.
Ta’kidlash lozim, kosmonavt Vladimir Jonibekov byusti atrofidagi maydonning granit plitalari avvaldan ruxsat olinmasdan, 13–14 fevral kunlari ko‘chirib tashlangan edi.
14 fevral kuni Madaniy meros agentligi ta’mirlashni olib borayotgan “Mimar Group” MChJga ogohlantirish berdi, shundan keyin biroz muddat to‘xtatilgan ta’mirlash ishlari hali ruxsat olinmaganiga qaramay 15 fevral kuni davom ettirildi.
Bu yerdagi ta’mirlash ishlari haqida oldindan xabar berilmagani va shahar hokimligining qonunni mensimayotgani jamoatchilikda e’tirozlar uyg‘otdi. 15 fevral kuni shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Kosmonavtlar maydoniga kelib, holatga munosabat bildirishdi.
Ortiqxo‘jayev maydon homiylik asosida ta’mirlanayotgani va tegishli ruxsat shu soatlarda olinganini aytgan bo‘lsa, Aziz Abduhakimov hali ruxsat berilmagani, mas’ullar zaruriy hujjatlarni agentlikka tez orada taqdim etishi kutilayotganini bildirgandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025