O‘zbekiston | 08:40 / 16.02.2022
9026
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi huzurida yangi nazorat inspeksiyasi tashkil etildi

Moliya vazirligi huzurida yangi inspeksiya tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

“O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etildi. 2023 yil 1 yanvargacha “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasi to‘liq ishga tushiriladi.

Inspeksiyada budjet hisobidan amalga oshirilgan qurilishlar uchun qilingan to‘lovlar haqiqatda bajarilgan ish hajmiga muvofiqligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun Qurilish obektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi (40 ta shtat birligidan iborat) tashkil etiladi.

2022 yil 1 noyabrgacha inspeksiya xodimlari moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi xalqaro tajribalar asosida maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi.

1 noyabrdan inspeksiya va ichki audit xizmatlarining xodimlariga malaka sertifikati berish tizimi joriy etiladi.

Mavzuga oid