O‘zbekiston | 16:24 / 17.02.2022
6117
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda YTH oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi

Foto: IIB axborot xizmati

Fuqaro boshqaruvidagi Isuzu svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib, chorrahani kesib o‘tayotgan Damas mashinasini urib yubordi. Oqibatda Damas mashinasi yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilib ketdi.

Namangan viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, YTH 17 fevral kuni soat 02:00 larda, 4R112 “Farg‘ona xalqa” avtomobil yo‘lining 6 km chorrahasida yuz bergan.

Qayd etilishicha, 2000 yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro Isuzu rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlar bilan Namangan-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, chorrahada svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlanib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan, chorrahani kesib o‘tayotgan, 1990 yilda tug‘ilgan, Namangan viloyatida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Damas avtomashinasiga borib urilib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. Natijada Damas avtomashinasi yo‘lning chap tomoniga chiqib ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida Damas avtomashinasida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan. Haydovchi va bir yo‘lovchi tan jarohati olgan. Isuzu haydovchisi va undagi yo‘lovchi ham shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur xolat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid