O‘zbekiston | 12:55 / 17.02.2022
4931
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida mas’uliyatsiz va kamchilikka yo‘l qo‘ygan sudyalar intizomiy jazoga tortildi

Foto: Getty Images

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining xabar berishicha, mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining bir qator sudyalari intizomiy jazoga tortilgan.

Jumladan:

— Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining sudyasi E.Eshonboboyev;

— Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining sudyasi L.Abdullayev;

— Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining raisi R.Zairov;

— Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi L.Mahammadiyeva;

— Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudining raisi T.Haydarov intizomiy jazoga tortilgan.

Avvalroq, Andijon viloyat sudining raisi va viloyat ma’muriy sudining raisi intizomiy javobgarlikka tortilgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid