Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukraina yaqinida qo‘shinlar sonini ko‘paytirmoqda - Pentagon
Pentagon rahbarining ta’kidlashicha, "ayrim qo‘shinlar chegaraga yanada yaqinlashgan".
Rossiya oxirgi kunlarda Ukraina yaqinidagi qo‘shinlari sonini oshirishni davom ettirdi, dedi Pentagon rahbari Lloyd Ostin.
"Biz harbiylar olib ketilganini ko‘rmayapmiz. Aksincha, qo‘shinlar oshirilayotganini ko‘ryapmiz, hozirda ular soni 150 mingdan ortiq", - dedi Ostin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "ayrim qo‘shinlar chegaraga yanada yaqinlashgan".
Ostinning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va NATO bo‘yicha ittifoqchilar Rossiya va Ukraina chegarasidagi vaziyatni kuzatib turibdi.
Avvalroq, Rossiya rahbariyati harbiylarning bir qismi mashg‘ulotlarni yakunlab, doimiy joylashuv manzillariga qaytayotganini ma’lum qilgandi.
Ammo NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg rossiyalik harbiylarning Ukraina chegaralaridan olib ketilganining nishonalari ko‘rinmaganini aytdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025