Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari Shoyguni Ukraina chegarasidagi qo‘shinlarni olib ketishga chaqirdi
Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina bilan chegaradagi qo‘shinlar mashg‘ulotlardan so‘ng ortiga qaytarilganini ma’lum qilgan. Ammo Lloyd Ostin buning aksini ko‘rayotganini aytdi.
Pentagon rahbari Lloyd Ostin va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu muzokara o‘tkazdi, deb xabar berdi AQSh mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Ostin Shoygu bilan suhbat davomida Rossiyani Ukraina bilan chegarada joylashtirilgan qo‘shinlarni olib ketishga chaqirdi.
«Ostin deeskalatsiyaga, Ukrainani o‘rab turgan Rossiya qo‘shinlarini o‘z bazalariga qaytarishga va diplomatik yechimga chaqirdi», — deyiladi Pentagon xabarida.
Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov Ukraina bilan chegaradagi qo‘shinlar mashg‘ulotlardan so‘ng ortiga qaytarilganini ma’lum qilgandi.
Ammo Ostin harbiylar olib ketilayotganini ko‘rmagani, aksincha qo‘shinlar soni oshirilayotganini aytdi.
Mavzuga oid
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
18:44 / 22.05.2025
Ilon Mask Pentagonga tashrif buyurdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025