Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda xonadonida 3,5 kilogramm marixuana saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
Marixuana sotayotganda ushlangan fuqaro xonadonida sotish uchun saqlab kelayotgan 3,5 kilogramm marixuanani IIB xodimlariga o‘z ixtiyori bilan topshirgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Kattako‘rg‘on tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, tumanning «Qoradaryo» MFY Siplon qishlog‘ida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Ishtixon tumani «Ravot» MFYda yashovchi, 1954 yilda tug‘ilgan T.E. 1,5 mln so‘m evaziga marixuana giyohvandlik moddasini sotayotganda ushlangan.
T.E. bilan olib borilgan tushuntirish ishlari davomida, u o‘z ishidan pushaymonligini bildirib, yashash uyida sotish maqsadida saqlab kelayotgan 3,5 kilogramm marixuanani o‘z ixtiyori bilan ichki ishlar organlari xodimlariga topshirgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025