Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida bitta «zapravka» 35 000 ta xonadonning bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi gazdan noqonuniy foydalangan
Toshkent viloyatidagi bitta AGTKSh tomonidan 35 000 ta xonadonning bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.
“O‘ztransgaz” AJ mutaxassislari tomonidan joriy yilning 15 fevral kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchacidagi gaz hisoblash tizimining texnik holati o‘rganildi.
Tadbir davomida MChJ tomonidan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 623 ming kub metr yoki bugungi kunda 35 000 ta aholi xonadonlarining bir kunlik iste’moliga yetarli miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Tekshirish davomida MChJ tomonidan iste’mol qilingan tabiiy gaz haqiqiy qiymatini kamaytirish maqsadida elektron gaz hisoblash uskunasi tarkibiy qismlariga ta’sir o‘tkazilgani sababli qayta hisob-kitob qilinishi natijasida 623 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan qonun doirasida chora ko‘rilishini ta’minlash maqsadida tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun jamlanmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025