Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMda ta’lim olish uchun daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining “Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun yo‘naltiriladigan mablag‘larga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyihaning maqsad va vazifasi – O‘zbekiston prezidenti tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda soliq qonunchiligi me’yorlariga moslashtirishdan iborat.
2021 yil 14 oktyabrdagi O‘RQ-714-son va 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-741-son qonunlar bilan Soliq kodeksining 378-moddasiga ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Bunda:
- 2021 yil 14 oktyabrga qadar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz faqat O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun to‘lovlar summasiga qo‘llanilgan bo‘lsa, endilikda O‘zbekiston professional tashkilotlarida ta’lim olish uchun to‘lovlar summasiga ham tatbiq etiladi;
- ota-onalar uchun amalda bo‘lgan O‘zbekiston professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish o‘zining, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan farzandlarining ta’lim olishi uchun yo‘naltirilgan summasiga qo‘llaniladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar er (xotin) ta’lim olishi uchun yo‘naltirgan to‘lovlari summasiga ham qo‘llanilishi nazarda tutilgan.
Bildirilishicha, loyihaning qabul qilinishi davlat budjetidan qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini talab etmaydi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025