O‘zbekiston | 14:35 / 19.02.2022
1106
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda tadbirkordan pul talab qilgan tovlamachilar ushlandi

Foto: Tergov departamenti

2022 yil 14 fevral kuni Paxtachi tuman Tadbirkor mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan 49 yoshli tadbirkor T.S. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida qonuniy faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilib, o‘zidan pul talab qilayotgan ikki nafar shaxsga chora ko‘rishni so‘ragan.

Uning arizasiga ko‘ra, Tadbirkorlar mahallasida yashovchi 67 yoshli A.K. va 63 yoshli Q.B. T.S.ga tegishli bo‘lgan savdo do‘konlarini yuritishiga to‘sqinlik qilib, turli xil uydirmalar bilan yuqori turuvchi organlarga shikoyat qilgan.

T.S. ulardan nega organlarga shikoyat qilishgani haqida so‘raganida Q.B. 1,5 million so‘m, A.K. esa 15 million so‘m bersa, organlarga uning tadbirkorlik faoliyati yuzasidan ariza bilan murojaat qilmasliklarini va tinch qo‘yishlarini aytishadi.

Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 14 fevral kuni soat 17:00 larda Paxtachi tuman IIB JQB hamda Narpay tuman DXX bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda A.K. ariza muallifidan 15 million so‘mga hisoblab 1500 dollar, Q.B. esa 100 dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Paxtachi tuman IIB tergov bo‘linmasi tomonidan A.K. va Q.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda ular ish bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid