Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan shahridagi Prezident maktabining ikki nafar o‘quvchisi 1 mln dollarlik grantni qo‘lga kiritdi

Foto: Namangan shahar hokimligi
Namangan shahrida joylashgan Prezident maktabining ikki nafar o‘quvchisi dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi oliygohlarga o‘qishga kirishda grantlarni qo‘lga kiritgan. Bu haqda Namangan shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Ibrohim Karimjonov dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi 12ta xorijiy universitetdan turli miqdordagi grantlar bilan o‘qishga qabul qilindi. Grantning jami miqdori: 730 000 AQSh dollariga teng.
Shuningdek, maktabning yana bir o‘quvchisi Samira Yuldasheva ham dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi 9ta xorijiy universitetdan turli miqdordagi grantlar bilan o‘qishga qabul qilindi. Grantning jami miqdori: 362 000 AQSh dollari.
Ikki o‘quvchining qo‘lga kiritgan grantlari 1 mln AQSh dollaridan ortiqni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

17:17 / 22.05.2025