Jamiyat | 11:25 / 21.02.2022
6399
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tumanida hokimlik zaxirasidan 14 sotix yer maydoni olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

U 14 sotix yer maydoniga tanishi orqali egalik qilish huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berish evaziga 8 000 AQSh dollari talab qilgan.

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, fuqaro N.Sh. fuqaro B.ning ishonchiga kirib, unga Toshkent tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 14 sotix yer maydonini go‘yoki “Z.” ismli tanishi orqali 8 000 AQSh dollari evaziga unga egalik qilish huquqini beruvchi qarorni chiqartirib berishni va’da qilib, shundan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) va bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Toshkent viloyatida elektr tarmoqlari korxonasi xodimi pora bilan ushlangani xabar qilingan edi.

Абдували Қурбонов
Tayyorlagan Абдували Қурбонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid