Toshkent viloyatida 64 tup qarag‘ay daraxti noqonuniy ravishda kesib tashlandi
Ushbu daraxtkushlik oqibatida tabiatga 1 milliard 575 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Foto: Davlat Ekologiya qo‘mitasi
Davlat ekologiya qo‘mitasining xabar berishicha, Bekobod tumanining «Saryuz» MFY hududida fuqaro O.X. va bir guruh fuqarolar tomonidan 64 tup qarag‘ay daraxti noqonuniy ravishda tag qismi bilan kesib olib ketilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari 1 mln 350 ming so‘m jarima belgilandi va 1 mlrd 575 mln so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Barcha tegishli hujjatlar jamlanib, ish huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Avvalroq, Ohangaron tumani Eyvalik hududida bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda bir dona qimmatbaho daraxt – qayrag‘och kesilishi bilan bog‘liq holat aniqlanganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025