Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon shahridagi avtobuslarga yo‘l harakati qoidalarini buzganlikni tasvirga oladigan kameralar o‘rnatiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahriga yangi olib kelingan avtobuslarga yo‘l harakati qoidalarini buzganlikni tasvirga olib jarima soladigan kameralar o‘rnatilgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Kun.uz mazkur xabarga aniqlik kiritish maqsadida viloyat Transport boshqarmasi axborot xizmati bilan bog‘landi.
Qayd etilishicha, haqiqatda avtobuslarga qoidabuzarliklarni qayd etadigan kameralar o‘rnatiladi. Biroq hozircha kameralar o‘rnatilmagan. Tez orada o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.
“Avtobuslarga o‘rnatilgan kameralar jarimalar yozishni boshlashidan oldin ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilamiz. Hozirda o‘rnatilgan kameralar shunchaki sinov uchun. Jarimalarni qayd etmayapti”, – deydi Transport boshqarmasi axborot xizmati rahbari Holmurod To‘raboyev.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025