O‘zbekistonning to‘rt hududida sel xavfi e’lon qilindi
Kuchli yomg‘irlar sababli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel xavfi e’lon qilindi. 23-25 fevral kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchilar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.

Foto: KUN.UZ
«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, joriy yil 23-25 fevral kunlari O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda. Shu sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilinadi.
Jumladan:
- Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlarida;
- Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarobod tumanlarida;
- Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlarida;
- Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida sel kelishi xavfi e’lon qilinadi.
«Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

08:56 / 19.05.2025
Xitoy Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishi mumkin

15:12 / 17.05.2025
Surxondaryoda Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

09:27 / 15.05.2025