O‘zbekiston-Eron biznes-forumi yakunlari bo‘yicha 200 million dollarlik shartnomalar imzolandi
Joriy yilning 21 fevral kuni Tehron shahrida O‘zbekiston-Eron biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov, Eron tomoniga esa iqtisodiy masalalar bo‘yicha vitse-prezident Muhsin Rizoiy Mirhayot boshchilik qildi.
Tadbirda ikki mamlakat iqtisodiyotlari o‘zaro manfaatli tarzda bir-birini to‘ldirib turgani va bu bilan to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika, elektrotexnika, biotibbiyot, qurilish materiallari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotganligi ta’kidlandi.
Hozirgi kunga kelib parrandachilik, baliqchilik, oziq-ovqat sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarida yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. So‘nggi 5 yil ichida esa, O‘zbekistonda Eron kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 4 baravar ko‘paydi.
Tadbir dasturi doirasida investitsiyalarni jalb qilishning eng istiqbolli yo‘nalishlari hamda ustuvor tarmoqlarda O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati va tayyor loyiha takliflari to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari o‘zaro manfaatli aniq kelishuvlarga erishish maqsadida forum ishtirokchilarini yaqin va samarali hamkorlikka chaqirdi.
Forum yakunlari bo‘yicha Eron va O‘zbekiston ishbilarmonlari o‘rtasida qiymati qariyb 200 million dollarlik qator investitsiyaviy bitimlar va savdo shartnomalari imzolandi.
Mavzuga oid
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
08:39 / 22.11.2024
AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi
23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
21:44 / 19.11.2024