Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: «Odessadagi fojiaga javobgarlarni nomma-nom bilamiz. Ularni jazolash uchun hamma narsani qilamiz»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassdagi vaziyat borasida rossiyaliklarga qilgan murojaati davomida Ukrainani nafaqat qo‘shni davlat, balki Rossiya tarixining bir qismi deb aytdi.
«Yana bir bor ta’kidlayman Ukraina biz uchun — shunchaki qo‘shni mamlakat emas, u tariximiz, madaniyatimiz, diniy makonimizning ajralmas qismi, ular bizning o‘rtoqlarimiz, yaqinlarimiz», — dedi Rossiya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hech qachon o‘z davlatchilik an’analariga ega bo‘lmagan.
«Radikallar odamlarning korrupsiyadan noroziligidan foydalandi va ularni Maydanga chiqarib davlat to‘ntarishigacha olib bordi. Ularni g‘arbdagi kuchlar qo‘llab-quvvatladi. Yirik summalar muxolifat yetakchilarining bankdagi hisoblariga ochiqchasiga o‘tkazildi», - dedi u.
Putinning ta’kidlashicha, hokimiyatni egallagan radikallar konstitutsiyaga zid harakatlarga qarshi chiqqanlarga nisbatan haqiqiy terror uyushtirdi.
«Biz Odessadagi fojiaga javobgarlarni nomma-nom bilamiz. Ularni jazolash uchun hamma narsani qilamiz», - dedi Rossiya prezidenti.
U Ukraina keskin ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshidan kechirayotganini aytdi.
«Maydan Ukrainani demokratiyaga yaqinlashtirmadi. Oradan 8 yil o‘tib mamlakat parchalandi.
Ukrainadagi odamlarning kommunal xizmatlarni to‘lagani puli yo‘q, chunki nafaqat sovet davri, balki Rossiya imperiyasi ham bergan mahrni sarflab-o‘g‘irlab bitirishdi», dedi Putin.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025