O‘zbekiston | 10:21 / 22.02.2022
34408
2 daqiqa o‘qiladi

«Saodat Narziyevaning hisobraqamlari haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi» - Alisher Usmonovning matbuot xizmati 

Saodat Narziyevaning Shveytsariyaning Credit Suisse bankidagi pul mablag‘lari va shaxsiy hisobraqamlari haqida tarqalgan ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda tadbirkor Alisher Usmonovning matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: cdn

“Ba’zi mas’uliyatsiz ommaviy axborot vositalari OCCRP ma’lumotlariga tayanib, taniqli tadbirkor, moliyachi va metsenat Alisher Usmonovning singlisi Saodat Burhonovna Narziyevaning shaxsiy hisobraqamlariga qo‘yilgani aytilayotgan katta pul mablag‘lari haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Saodat Narziyevaning mablag‘lari va shaxsiy hisobraqamlariga oid bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

“Bu mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va  Alisher Usmonovning obro‘yiga putur yetkazish maqsadida tarqatilmoqda. Ma’lumotni tarqatganlar “qovurilgan faktlar”ga havola qilib, jurnalist etikasi me’yorlarini e’tiborsiz qoldirgan. Ushbu yolg‘on ma’lumotlarning e’lon qilinishi Alisher Usmonovning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘yiga putur yetkazadi”, deyiladi axborotda.

Alisher Usmonovning matbuot xizmati tuhmat ma’lumotni tarqatganlarni javobgarlikka tortish, jabrlanganlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha qonuniy choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan. 

Avvalroq, Shveytsariyaning kreditlar bo‘yicha ikkinchi yirik Credit Suisse bankidan sizib chiqqan hisob ma’lumotlarida 4 nafar o‘zbekistonlik nomi ham tilga olingandi

Mavzuga oid