Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» Ispaniyaga safar qiladi, Ronaldu «Atletiko»ga qarshi. YeChL 1/8 final anonsi
Ko‘hna qit’ada seshanba va chorshanba oqshomida yevrokuboklar pley-off hal qiluvchi qarama-qarshiliklari davom ettiriladi. Bu haftada ham tunni bedor o‘tkazishga arzirli to‘qnashuvlar bor. Barchamizga yod bo‘lib qolgan yoqimli madhiya yangrashidan avval, Chempionlar ligasi nimchorakfinal birinchi bahslar anonsi va taxminiy tarkiblari bilan tanishtiramiz.
YeChLning amaldagi g‘olibi Fransiyaning amaldagi chempioniga qarshi
Fransiyaning «Lill» jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marta 1/8 finalga yo‘llanma olib, qur’ada «Chelsi»ga duchor bo‘ldi. Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi Premer-ligada barqarorlik ko‘rsata olmayotgandir, ammo yevroarenada barchani yer tishlatmoqda. Tomas Tuxel murabbiyligidagi London klubi bu bosqichda Fransiyaning amaldagi chempioniga qarshi saf tortadi. «Lill» so‘nggi marotaba 2006/07 yilda ushbu bosqichgacha yetib kelib, «MYu» tomonidan mag‘lub etilgandi. Bu safar ular Angliyaning boshqa klubi to‘sig‘idan o‘tishga urinib ko‘rishadi.
Ayni damda Fransiya chempionatining 11-o‘rindagi klubi bo‘lib turgan «Lill» YeChLning amaldagi g‘olibini mag‘lub etib, sensatsiya qayd etmoqchi bo‘lsa, eng avvalo «aristokratlar» darvozaboni Eduar Mendi darvozasini qanday ishg‘ol etish haqida bosh qotirishi kerak. Sababi senegallik golkiper joriy mavsum turnirda o‘tkazgan 5 o‘yindan 4tasida darvozasi daxlsizligini saqladi, YeChLda esa jami 17 o‘yindan 13tasida (!) gol o‘tkazib yubormagan.
«Vilyarreal» va «Yuventus»ning ilk to‘qnashuvi
«Vilyarreal» va «Yuventus» – Chempionlar ligasida bungacha hali biror marta ham o‘zaro to‘qnash kelmagan 1/8 final bosqichidagi yagona juftlikka aylandi. «Sariq submarina» hozirga qadar o‘z tarixida faqat ikki marta 1/8 finalgacha yetib kelib, chorakfinalga chiqa olgan (yarimfinal yo‘lida esa ikki marta ham «Arsenal» to‘sig‘idan o‘ta olmagan). 13 yillik tanaffusdan keyin YeChL pley-off bosqichida ishtirok etayotgan Unai Emeri shogirdlari turnirda ketma-ket 8-marta nimchorakfinalda qatnashayotgan «Yuventus» to‘sig‘idan o‘tishga urinib ko‘rishadi.
«Yuventus» so‘nggi ikki mavsumda 1/8 finalni safardagi gol qoidasi sababli tark etgandi: 2020 yil «Lion», 2021 yilda «Portu» Turin klubini dog‘da qoldirgan. «Vilyarreal» bu safar 1/8 finaldan o‘ta olgan taqdirda, «Arsenal»ga duch kelmasligiga ishonch hosil qilgan bo‘lsa, «Yuventus» ham avvalgi yillardan farqli o‘laroq hisobda tenglik kuzatilsa, xavotir olishiga o‘rin yo‘q – safardagi gol qoidasi bekor qilingan.
Ronaldu - «Atletiko» bo‘yicha mutaxassis
Chempionlar ligasi pley-offlarida «Atletiko»ga uyda devorlar ham yordam bergan: 1997 yildan buyon madridliklar muxlislari qarshisidagi 14 o‘yinda biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan – 9 g‘alaba, 5 durang. Biroq bu jamoa darvozasiga kimdir yo‘l topa olsa, shubhasiz bu – Krishtianu Ronaldudir. Portugaliyalik forvard faoliyati davomida «Atletiko» darvozasiga naq 25ta gol kiritgan. Shuningdek, aynan u 2014 yilgi final qo‘shimcha bo‘limlarida, 2016 yilda esa finaldagi penaltilar seriyasida «Atletiko»ni mag‘lub etgan.
Ronalduning «Yunayted» o‘yinidagi ta’sirini maydonning boshqa tarafidagi David De Xeaning xizmatlari bilan taqqoslash mumkin. Ispaniyalik darvozabon ayni damda o‘zining so‘nggi yillardagi eng yaxshi sport formasiga kirgan va u aynan sobiq klubi va o‘zi tug‘ilib o‘sgan shaharda o‘zini yana bir marta ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
To‘purar Alle golli seriyasini davom ettiradimi?
O‘tgan hafta o‘tkazilgan «Inter» - «Liverpul» bahsidan tashqari, faqat yana bir juftlikda turnirning avvalgi g‘oliblari duch kelgan: «Benfika» - «Ayaks». Erik ten Hag jamoasi bu mavsum «Ayaks»ning sovrinlarga ega chiqqan afsonaviy tarkibini eslatmoqda. Amsterdam klubi guruh bosqichidagi 6 bahsda o‘z uslubini takrorlab, ajoyib o‘yinlar evaziga 6ta g‘alabani qo‘lga kiritdi.
«Ayaks» tarkibidagi ayni damdagi yetakchi – to‘purar Sebasten Alledir. U YeChL tarixida dastlabki 6 o‘yinida 10ta gol kiritgan birinchi futbolchiga aylandi. Shuningdek, u guruhdagi 6 turning barchasida gol kirita olgan Ronaldudan keyingi ikkinchi o‘yinchi bo‘ldi. Ivuarlik forvard YeChLdagi golli seriyasini davom ettira oladimi, buni Portugaliyadagi o‘yinda ko‘ramiz.
YeChL. 1/8 final. Dastlabki o‘yinlar.
22 fevral (seshanba)
«VILYaRReAL» - «YuVeNTUS»
TV-translatsiya: SportTV
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
«Vilyarreal»: Ruli; Foyt, Albiol, Pau Torres, Pedrasa; Kapu, Lo Chelso, Parexo; Alberto Moreno, Chukvueze, Danjuma
O‘ynamaydi: Jyerar Moreno (mushak jarohati), Koklen (tizza jarohati), Penya (yelka sinishi)
Ogohlantirilgan taqdirda diskvalifikatsiya: Alberto Moreno, Parexo
«Yuventus»: Shensni; De Shilo, Danilo, de Lixt, Aleks Sandro; Kuadrado, Lokatelli, Zakariya, Rabo; Morata, Vlahovich
O‘ynamaydi: Keza (tizza), Kellini (mushak shikastlanishi), Dibala (son jarohati), Rugani (son)
So‘roq ostida: Bonuchchi (son), Pellegrini (tizza jarohati), Bernardeski (son)
Ogohlantirilgan taqdirda diskvalifikatsiya: Kuadrado
«CheLSI» - «LILL»
TV-translatsiya: Mahalla
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
«Chelsi»: Mendi; Tyago Silva, Ryudiger, Kristensen; Aspilikueta, Jorjino, Kante, Alonso; Ziyosh, Lukaku, Pulishich
O‘ynamaydi: Chiluell (tizza)
So‘roq ostida: Jyeyms (son), Aspilikueta (to‘piq), Hadson-Odoi (son), Maunt (to‘piq)
«Lill»: Jardim; Zeki Chelik, Fonte, Botman, Gudmundsson; Vea, Andre, Sheka, Bamba; Burak Yilmaz, Devid
So‘roq ostida: Lixaji (son), Renatu Sanshesh (to‘piq)
Ogohlantirilgan taqdirda diskvalifikatsiya: Fonte, Burak Yilmaz
23 fevral (chorshanba)
«ATLeTIKO» - «MANCheSTeR YuNAYTeD»
TV-translatsiya: SportTV
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
«Atletiko»: Oblak; Lorente, Felipe, Savich, Reynildo; Korrea, Koke, Kondogbia, Lemar; Kunya, Suares
O‘ynamaydi: Vass (tizza)
So‘roq ostida: Ximenes (kasallik), Grizmann (son), Karrasko (kasallik)
Ogohlantirilgan taqdirda diskvalifikatsiya: Joau Feliks, Kondogbia, Suares
«MYu»: De Xea; Dalot, Varan, Maguayr, Shou; Maktominey, Pogba; Reshford, Brunu Fernandesh, Sancho; Ronaldu
So‘roq ostida: Bayi (to‘piq), Matich (to‘piq), Kavani (jarohat)
«BeNFIKA» - «AYaKS»
TV-translatsiya: Mahalla
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
«Benfika»: Vlaxodimos; Lazaro, Otamendi, Vertongen, Grimaldo; Vaygl, Joau Mariu, Taarabt, Paulu Bernardu; Rafa Silva, Darvin Nunes
O‘ynamaydi: Seferovich (jarohat)
Ogohlantirilgan taqdirda diskvalifikatsiya: Grimaldo, Joau Mariu, Otamendi, Rafa Silva, Vaygl
«Ayaks»: Pasveyer; Mazraui, Timber, Martines, Blind; Alvares, Bergxeys, Klassen; Antoni, Alle, Tadich
O‘ynamaydi: Brobbi (tizza), Klayber (tizza), Stekelenburg (jarohat), Ixattaren (jismoniy holat)
So‘roq ostida: Gravenberx (betob)
Ogohlantirilgan taqdirda diskvalifikatsiya: Alvares, Timber.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
11:29 / 26.02.2025
«Barsa» va «Atletiko» o‘yinida 8 ta gol urildi
16:28 / 08.02.2025