Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden: «Putin urushni tanladi»
AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiyaning Donbassdagi harbiy amaliyotiga «bir ovozdan va qat’iy javob berishini» va’da qildi. Bu haqda Amerika yetakchisining Oq uy saytidagi bayonotida aytiladi.
“Bugun butun dunyoning duosi Rossiya qurolli kuchlarining asossiz hujumidan aziyat chekayotgan Ukraina xalqi bilandir. Prezident Putin halokatli va azob-uqubatlarga olib keladigan urushni tanladi. Bu hujum o‘zi bilan olib keladigan o‘lim va halokat uchun faqat Rossiya javobgardir hamda AQSh va uning ittifoqchilari, hamkorlari birlashgan va qat’iy javob beradi. Dunyo Rossiyani javobgarlikka tortadi”, deyiladi Baydenning bayonotida.
Bayden yaqin vaqt ichida G7 yetakchilari bilan uchrashib, keyin Amerika xalqiga murojaat qilishi va “harbiy tajovuz uchun Rossiyaga keyingi oqibatlarni” aytishi haqida bildirdi.
24 fevral kuni ertalab Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Uning maqsadi - Donbass aholisini “genotsiddan va Ukraina neonatsistlarining tahdidlaridan himoya qilish”.
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Kiyev, Xarkov, Odessa, Dnepr va Mariupolda portlashlar eshitilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025