Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ariq tozalash bahonasida 10 tup daraxt noqonuniy tarzda ildizi bilan qo‘porib tashlandi
Huquqbuzarlarga BHMning 5 barobari miqdorida jarima va 92 million so‘m zarar hisoblangan.
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining xabar berishicha, boshqarmaga Qarshi tumanida daraxtlar kesib tashlanayotgani haqida murojaat bo‘lgan. Ekologiya inspektorlari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilgan.
O‘rganish davomida Qarshi tumani “Yangi hayot” MFY hududida ariq qazish jarayonida ko‘p yillik daraxtlar maxsus texnika yordamida ildizi bilan qo‘porib tashlagani aniqlangan.
Jumladan, 4 dona aylant va 6 dona tut daraxtlari qo‘porib olinib, bo‘laklarga bo‘lib tashlangan. Nobud qilingan daraxtlar dalolatnoma asosida 59-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga topshirilgan.
Huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 million 350 ming so‘m jarima hamda 92 million so‘m zarar qo‘llanilgan.
Qayd etilishicha “Yangi hayot” MFY hududidagi ariq bo‘yida o‘sib turgan 1 dona tut, 1 dona aylant va 45 dona terak daraxtlari kesib tashlanishdan saqlab qolingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi davlat universiteti hududida 38 tup daraxt noqonuniy kesilgan. Shuningdek, Andijonda tug‘uruqxona oldidagi 12 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlangan. Bundan tashqari, Yunusobod tumanidagi Amir Temur va Chinobod ko‘chalari kesishmasida ekilgan eldor qarag‘aylari kechki payt noma’lum shaxslar tomonidan kesib ketilgan. Andijon va Toshkentdagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Prezidentning 30 dekabrdagi farmoni bilan, O‘zbekiston hududida daraxtlarni kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgan, tartibni buzganlik uchun jarimalar 5 barobarga oshirilgan, yetkazilgan zarar 2 barobar qilib undirilishi belgilangan edi. Farmonda noqonuniy daraxt kesish holatlarini foto va videotasvirga olib jo‘natganlarga pul to‘lanishi ham ko‘zda tutilgan. Shunga qaramasdan, joylarda hamon noqonuniy daraxt kesish holatlari to‘xtamayapti.
Mavzuga oid
21:37 / 24.02.2023
Qashqadaryodagi «metan zapravka»da Nexia-3 portlab ketdi
21:03 / 01.04.2022
Zamin fondi aksiyasi doirasida Toshkentning 13 gektardan oshiq maydoniga daraxt ekildi
10:50 / 18.03.2022
Toshkent shahrida avtomashinalar ustiga daraxt quladi
23:08 / 12.03.2022