Shavkat Mirziyoyev Taxtako‘pirdagi “Beltov” ovulini borib ko‘rdi
23 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanidagi “Beltov” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu yerda mingdan ortiq aholi yashaydi. Tuman markazidan 40 kilometr uzoqda joylashgan hududning ilgari sharoiti og‘ir edi. “Obod qishloq” dasturi asosida qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilgach, ovul qiyofasi o‘zgargan.
Shavkat Mirziyoyev ovuldagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. Aholi bilan muloqot qildi.
– Oxirgi yillarda Qoraqalpog‘istonga alohida e’tibor berib, katta kuch va resurslarni jalb etganimiz o‘z natijasini beryapti. Odamlar yo‘limiz to‘g‘riligiga ishondi. Endi yangi marralar qo‘yganmiz. Qoraqalpog‘istonga hamma rahbarlarni olib keldik. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan. Ular mablag‘i, jamoasi bilan kelib, aniq loyihalar ishlab chiqyapti. Taxtako‘pirning ham avvalgi mavqeini tiklashimiz zarur, - dedi prezident.
Davlat rahbari ayollar turmushini yaxshilash masalasiga alohida to‘xtalgan.
- Yurtimizda ayollar ko‘z yoshi to‘kmaydigan jamiyat qurishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yerda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan ham muloqot bo‘lgan. Ular mahallalardagi muammolarni hal etish, bandlikni ta’minlash borasidagi takliflarini bildirgan.
Prezident shu yerda jurnalistlar bilan ham suhbatlashgan.
Mavzuga oid
18:36 / 15.11.2024
Bu yil qishda iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan
21:17 / 14.11.2024
SSV huzurida «Xaridlar markazi» va uning 13 ta hududiy filiali tashkil etiladi
16:20 / 14.11.2024
“Iqlim o‘zgarishi muammolarini ayniqsa Markaziy Osiyoda o‘tkir his qilyapmiz” - Shavkat Mirziyoyev
14:37 / 13.11.2024