Jahon | 17:36 / 25.02.2022
5981
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: Ukrainada kamida 25 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, 100dan ortiq kishi yaralangan

Foto: ANTON GERASHCHENKO

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi natijasida tinch aholi vakillaridan kamida 25 kishi halok bo‘lgan, yana 102 kishi yaralangan. Bu haqda Sky News Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Shu bilan birga bu yakuniy ma’lumotlar emasligi va haqiqiy raqamlar bundan ancha ko‘p bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bosqinining birinchi kunida Ukraina harbiy xizmatchilaridan 137 kishi halok bo‘lgani va 316 kishi yaralangani haqida ma’lumot bergandi.

  • 24 fevral tongida Vladimir Putin Ukrainani «demilitarizatsiya» va «denatsifikatsiya» qilish maqsadida «maxsus harbiy amaliyot» boshlaganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng darhol Ukraina shaharlariga raketa zarbalari berildi. RF mudofaa vazirligi yuqori aniqlikdagi qurollar bilan Ukraina armiyasi harbiy infratuzilmalari yo‘q qilinayotgani va tinch aholiga tahdid yo‘qligini ma’lum qildi. 25 fevral kuni kunning ikkinchi yarmida rossiyalik harbiylar Kiyevni qurshab ola boshlagani ma’lum bo‘ldi.
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid