Jahon | 11:39 / 25.02.2022
69387
5 daqiqa o‘qiladi

Foto: Ukrainadagi urushning birinchi kuni oqibatlari

24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga bosqin boshladi, Putin bu amaliyotning maqsadi Ukrainani «demilitarizatsiya» va «denatsifikatsiya» qilish ekanini aytdi. Mamlakatning chegara hududlarida qattiq janglar ketmoqda; mamlakatdagi barcha harbiy obektlar zarbalarga uchragan. Ukraina 25 fevralga o‘tar kechasi 137 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani va 316 nafari yaralangani haqida ma’lumot berdi. Rus harbiylari aholi turar joylariga ham zarbalar bermoqda va bu tinch aholi orasida ham o‘nlab qurbonlarga olib kelmoqda. «Meduza» urushning birinchi kuni davomida olingan suratlarni jamladi.

Xarkov oblastidagi Chuguyev shahri, shahar 24 fevral kuni rus harbiylari tomonidan o‘qqa tutildi
Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

So‘nggi soatlardagi asosiy yangiliklar 

  • Kiyevda erta tongda bir necha portlashlar sodir bo‘ldi
  • Ukrainada umummilliy safarbarlik e’lon qilingan
  • Yevroittifoq Rossiyaga samolyotlar va aviatexnikalar sotish taqiqlanishini, shuningdek Rossiya banklariga qarshi sanksiyalarni anons qildi
  • Anonymous hakerlari «Rossiyaga urush ochdi». RT saytlari ishlamay qoldi
  • Ukraina prezidenti 137 harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ularning orasida Zmeiniy oroli mudofaachilari ham bor, orol rus harbiylari tomonidan egallangan
  • Yevropa davlatlari va Yaponiya rossiyaliklarga viza berishni to‘xtatdi
  • AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada yangi sanksiyalar e’lon qildi, ular «Aeroflot» va «Sber»ga katta zarba bo‘ladi. 
Kiyev vokzalidagi holat
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Kiyevdan chiqishdagi tirbandlik. Urush boshlangach, tinch aholi Ukraina poytaxtini tark etishga kirishdi
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Kiyev o‘qqa tutilishi oqibatlari
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Kiyevga tushgan raketalar qoldiqlari mashinaga yuklanmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukraina harbiy texnikasi Kiyevdagi Mustaqillik Maydoni oldidan o‘tmoqda
Daniel Leal / AFP / Scanpix / LETA
Chuguyev otishmalardan keyin
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Tinch aholi avtobuslarga chiqib, Kiyevdan ketishga shoshilmoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi yerosti o‘tish yo‘li
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
 Rossiya qo‘shinlari zarbalari vaqtida Mariupol shahridagi bombapanagoh
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kiyev oblastidagi Gostomel posyolkasi. Bu yerda Antonov aerodromi joylashgan, uni egallash uchun 24 fevral kuni shiddatli janglar boshlandi
Daniel Leal / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi Konstantinovka temiryo‘l stansiyasi
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning Mariupolni o‘qqa tutishi oqibatlari
Sergei Grits / AP / Scanpix / LETA
Rossiya hujumidan keyin Chuguyev aerodromidagi vaziyatning sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasviri
Planet Labs PBC / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi yo‘lda harakatlanayotgan ukrain harbiylari
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Z belgisi qo‘yilgan rus harbiylari mashinalari Qrimdagi Armyansk shahridan o‘tmoqda
Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar hujumidan keyin yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirish jarayoni. Mariupol
Sergei Grits / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbalaridan keyin Xarkovdagi kvartira holati
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Ruslar hujumidan keyingi Xarkov
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina harbiy samolyoti Kiyev oblastida quladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, besh harbiy halokat qurboni bo‘lgan.
State Emergency Service of Ukraine / EPA / Scanpix / LETA
Tan olinmagan DXRdagi Gorlovka shahrida artilleriya zarbalari oqibatlari
Aleksandr Ryumin / TASS / Scanpix / LETA
Chuguyevdagi turar joyda chiqqan yong‘inni o‘chirish jarayoni. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, besh qavatli bino o‘qqa tutilishi oqibatida bir chaqaloq halok bo‘lgan
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Chuguyevga raketa zarbalari oqibatida yaqinini yo‘qotgan kishi
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
DXR nazoratidagi Yasinovataya shahri. Urush arafasida ayirmachilar Ukraina tomonidan artilleriya zarbalari bo‘layotganini xabar qilishgan
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar hujumidan keyin Mariupoldagi Havo hujumidan mudofaa tizimi bazasi holati
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Polsha-Ukraina chegarasi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, urush boshlangan kunning birinchi yarmida Ukrainadan Polshaga o‘nlab odamlar o‘tgan.
Bryan Woolston / Reuters / Scanpix / LETA
Vatanini tashlab chiqqan ukrainalik ayol yig‘lab yubordi
Bryan Woolston / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaliklar metroda tunashga majbur bo‘lmoqda
Chuguyevga hujum vaqtida yaralangan tinch aholi vakili. Foto: Getty Images
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid