Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda BMTning yangi doimiy koordinatori ish boshladi
2022 yilning 25 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlashgan millatlar tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlangan Roli Astxanani qabul qildi.
Vazir R.Astxanani ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, O‘zbekiston BMT va uning ixtisoslashgan idoralari bilan konstruktiv va ishonchli hamkorlik o‘rnatganini ta’kidladi. Yangi doimiy koordinatorning kasbiy yutuqlari va ish tajribasi ushbu hamkorlikni yanada chuqurlashtirishiga umid qilinadi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada faollashgani, amaliy mazmun bilan boyib borayotgani ta’kidlandi. Mamlakat tashkilot faoliyatining barcha yo‘nalishlaridagi jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylandi. 2018-2021 yillarda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Bosh assambleyaning to‘rtta qarori tasdiqlandi.
Ayni paytda O‘zbekistonda BMT idoralari ishtirokida umumiy qiymati 174 million AQSh dollardan ortiq bo‘lgan 137 loyiha amalga oshirilmoqda.
Mintaqaviy xavfsizlik, Afg‘onistonni barqarorlashtirish va tiklash, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish, ekologik muammolarni hal etish, xususan, Orol dengizi inqirozi oqibatlarini yumshatish kabi sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025