Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina rossiyalik harbiylarning 3500dan ortig‘i halok bo‘lganini ma’lum qildi. RF hamon o‘z yo‘qotishlari haqida xabar bermayapti
Ukrainadagi urush boshidan buyon rossiyalik harbiylardan 3500 nafardan ortig‘i halok bo‘lgani, qariyb 200 kishi asirlikka tushgani haqida xabar berdi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyakka asoslangan holda UNIAN xabar bermoqda.
«Bugun tongdagi holatga ko‘ra rossiyalik harbiylardan 3,5 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgani va 200 nafarga yaqin kishi asirga tushgani haqida ma’lumot bor», — degan Podolyak «Rada» telekanali efirida. Ukraina tomoni yo‘qotishlari to‘g‘risidagi so‘nggi ma’lumotlar keltirilmagan.
Ukraina Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, rus harbiylarining texnika yo‘qotishlari quyidagicha:
- samolyotlar - 14 dona
- vertolyotlar - 8 dona
- tanklar - 102 dona
- zirhli jangovar mashinalar - 536 dona
- zambaraklar - 15 dona
- «Buk» kompleksi - 1 dona.
Rossiya mudofaa vazirligi Ukrainaga bosqin ro‘y berganidan buyon biror marta o‘z yo‘qotishlari haqida ma’lumot bermagan.
Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi Kiyevdagi vaziyatni nazorat qilmoqda, shaharda ko‘cha janglari bo‘lib turibdi. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tunda rossiyalik harbiylar shaharni qamal qilishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025