Jahon | 00:51 / 26.02.2022
52289
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi va Britaniya Putinga qarshi personal sanksiya e’lon qildi

Foto: Bloomberg

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi sanksiyasiga uchradi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma’lum qildi.

Ittifoq Rossiya prezidenti Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga qarshi personal sanksiya e’lon qildi. Unga asosan ikki amaldorning hisob raqamlari muzlatiladi. Borrelning aytishicha, keyingi qadam Rossiyani SWIFT tizimidan uzish bo‘lishi mumkin. Ammo barcha qaror Rossiyaning keyingi harakatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. «Putin bu rus xalqi emas», deb qo‘shimcha qildi Borrel.

Britaniya ham Putin va Lavrovga qarshi sanksiya qo‘llaydigan bo‘ldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonson e’lon qildi. «Ukrainadagi voqealardan keyin Rossiya bilan munosabatlar yaxshilanishi imkonsiz», dedi Jonson.

Britaniya bosh vaziri Rossiyani SWIFT'dan uzib qo‘yish taklifini bildirdi. Italiya va Germaniya ham bu qarorni qo‘llashini ma’lum qilgan.

Mavzuga oid